Hamkorlik shartlari

Imtiyozli muddatli to’lov bo’yicha hamkorlik faqat IT Park rezidentlari bo'lgan ta'lim markazlari uchun mavjud.


Ta'lim markazi "IT-bilimlarni rivojlantirish markazi" MChJ ga axborot texnologiyalari va dasturlash bo'yicha mutaxassislar uchun o'quv kurslari dasturini taqdim etadi.


Imtiyozli muddatli to’lov orqali to'lash mumkin bo'lgan kurslar "IT-bilimlarni rivojlantirish markazi" MChJ tomonidan tanlanadi.


Platforma bilan ishlash bosqichlari:


  1. bilgi.uz platformasiga ulanish uchun ariza yuborish;

  2. “IT-bilimlarni rivojlantirish markazi” MChJ bilan hamkorlik shartnomasini imzolash;

  3. Platforma operatori (“EDU MARKETS” MChJ) bilan shartnoma imzolash;

  4. “IT-bilimlarni rivojlantirish markazi” MChJ tomonidan tasdiqlangan kurslar marketpleysida foydalanuvchilardan imtiyozli muddatli to'lov uchun arizalarni qabul qilish;

  5. To'lovlarni qayta ishlash.


Ta’lim muassasasini Loyiha ishtirokchisi sifatida tanlash mezonlari


  1. Tashkiliy-huquqiy mezonlar


    1. Ta’lim faoliyati yuritish uchun litsenziya yoki ruxsatnoma mavjudligi;

      • Ta'lim faoliyati uchun litsenziya yoki tasdiqnoma va mussasa IFUTi

    2. Moliyaviy ko'rsatkichlar barqarorligi bo'yicha hujjatlarning mavjudligi

      • Bankdan bank hisobvaraqlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (berilgan sana – 30 kundan ortiq bo‘lmagan), kartoteka-2

      • Soliq organidan qarzning yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnoma (berilgan sana - 30 kundan ortiq bo’lmagan)

    3. IT Park rezidentligini tasdiqlovchi sertifikat mavjudligi;

    4. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqlik

      • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

      • Korxonaning ta'sis hujjatlari (muassislarning qarori, ustavi, ta'sis hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlar)

      • Direktor va bosh buxgalterning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar; (bosh direktor va bosh buxgalterning buyruqlari va pasportlari (barcha sahifalar))


  2. Xodimlar tarkibi


    1. Soha bo‘yicha maxsus ma’lumotga ega o‘qituvchilar;

    2. IT sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;

    3. Kasbiy sertifikatlarning mavjudligi.


  3. O‘quv dasturlari


    1. IT yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berish (dasturiy ta’minot, mobil ilovalar ishlab chiqish, ma’lumotlar bazalari, axborot xavfsizligi va boshqalar);

    2. O‘quv dasturlarining zamonaviy bozor talablariga mosligi;

    3. Amaliy qismning mavjudligi (loyihalar, keyslar, topshiriqlar).


  4. Ta’lim berish metodikasi


    1. Zamonaviy formatlardan foydalanish (onlayn, oflayn yoki aralash ta’lim);

    2. Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim;

    3. Attestatsiya va imtihonlar tizimining mavjudligi.


  5. Infratuzilma va texnik ta’minot


    1. Jihozlangan sinf xonalari yoki onlayn platforma;

    2. Litsenziyali dasturiy ta’minot va zamonaviy o‘quv vositalaridan foydalanish imkoniyati.


  6. Moliyaviy barqarorlik


    1. Soliqlar va byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikning yo‘qligi;

    2. Qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik jarayonida bo‘lmaslik.