To'lov shartlari
bilgi.uz platformasi ta’lim bozori orqali ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar IT yo‘nalishlari bo‘yicha kurslarni muddatli to‘lov sharti asosida o‘qish imkoniyatiga ega.
Platforma bilan ishlash bosqichlari:
-
bilgi.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tish;
-
IT kursni tanlab, muddatli to‘lov sharti bilan o‘qishga ariza yuborish;
-
O‘qishni yakunlab 2 oylik imtiyozli muddatdan so‘ng to‘lovni amalga oshirishni boshlash.
Nomzodlarni tanlash mezonlari:
Muddatli to‘lov imkoniyati quyidagi talablarga javob beruvchi shaxslarga taqdim etiladi:
-
16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
-
tanlangan kurs o‘qitiladigan tilni bilish;
-
tanlov natijalariga ko‘ra yetarli IT bilimiga ega bo‘lish;
-
analitik fikrlash qobiliyatiga va IT sohasiga qiziqishga ega bo‘lish;
-
tanlangan yo‘nalish bo‘yicha zarur malaka va tajribaga ega bo‘lish.
Ariza topshirgan foydalanuvchilar quyidagi uch bosqichdan o‘tadilar:
1-bosqich: KATM (kredit tarixi) tekshiruvi — nomzodning moliyaviy ishonchliligi baholanadi;
2-bosqich: IT bilim darajasini aniqlash testi — texnik bilim va ko‘nikmalar darajasi tekshiriladi;
3-bosqich: Suhbat (intervyu) — nomzodning intellektual salohiyati va motivatsiyasi baholanadi.